AQShning San-Fransisko shahrida bo‘lib o‘tgan AI Challenge xalqaro tanlovida O‘zbekiston delegatsiyasi muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Sun’iy intellekt yo‘nalishidagi ushbu nufuzli tanlovda yurtimiz jamoasi mashinaviy o‘rganish yechimi bilan kuchli uchlikdan joy oldi.
Jamoaning safar xarajatlari platforma orqali davlat tomonidan qoplab berildi. G‘oliblarni tabriklaymiz va kelgusi musobaqalarda ham yuksak natijalar tilaymiz!